Toshkentda “Oqlon” texnoparki ochildi
2019 yil 1 aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 10 avgust kuni poytaxtimiz tumanlaridagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish chog‘ida “Oqlon” texnologiya parkini barpo etish vazifasini qo‘ygan edi.
Bu borada Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 7 noyabrda “Ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Maqsad – investitsiyalarni faol jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni va texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini ta'minlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligi va farovonligini oshirishdan iboratdir.
Qaror asosida Shayxontohur tumanida bo‘sh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan qismi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi – “PSBCapital” MChJga ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratib berildi. Bunda O‘zsanoatqurilishbank va “PSBCapital” kompaniyasiga istisno tariqasida texnopark hududida obektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurishga ruxsat berildi.
Bugungi kunda “Oqlon” texnoparki majmuasida qator yirik korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatini boshlash arafasida turibdi.
Ulardan biri turli xildagi koptoklarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Overbridge” korxonasidir. Jami qiymati 45,0 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu loyiha uchun tashabbuskor mablag‘laridan tashqari xorijiy investitsiyalar hamda bank kredit mablag‘lari ham jalb qilindi. 550 nafar ishchi doimiy ish bilan ta'minlandi. Korxona to‘la quvvatda ishga tushsa, yiliga 875,0 ming dona koptok ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
“Lider kosmetik”. Ushbu korxona texnoparkdagi katta yer maydoniga ega ishlab chiqarish obektlaridan biridir. U yerda sanitar-gigiyenik mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Uni barpo etish, jihozlash va dastlabki xomashyo bilan ta'minlash ishlariga 35,0 mlrd. so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi. Shundan 2,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Xitoy davlat taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan Turkiyadan zamonaviy texnologik jihozlar keltirishga jalb qilindi. 260 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Yana shunday yirik loyihalardan biri 190 ta ish o‘rniga ega “Colmet engravo” korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu yerda yiliga 20,0 mlrd. so‘mlik rangli metallardan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Buning uchun korxona Turkiya Eksimbanki kredit liniyasi hisobidan xorijdan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlandi.
Qayd etish joiz, “Oqlon” texnoparkida ish boshlayotgan mazkur korxonalar uchun jami 110,0 mlrd. so‘mga teng sarmoyalar yo‘naltirildi. Shundan 3,0 mln. AQSh dollari xorijiy investorlar tomonidan jalb qilindi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:35 / 25.09.2024
Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:35 / 22.09.2024
Toshkentda ayol yosh bolasini ayovsiz urgani videosi tarqaldi
11:14 / 12.08.2024
Oynalari singan Gentra - Navoiy ko‘chasida ko‘p qavatli uy fasadidagi marmarlar ko‘chib tushyapti
09:15 / 12.07.2024