2019 yil 1 aprel kuni Toşkent şahri Şayxontohur tumanida köp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 10 avgust kuni poytaxtimiz tumanlaridagi bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan tanişiş çoğida “Oqlon” texnologiya parkini barpo etiş vazifasini qöygan edi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 7 noyabrda “Köp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Maqsad – investitsiyalarni faol jalb etiş uçun şart-şaroitlar yaratiş, yangi raqobatbardoşli işlab çiqarişlarni va texnologiya parklarini rivojlantirişni yanada qöllab-quvvatlaş, ularning alohida hududlarda jamlanişini ta'minlaş, şu asosda işlab çiqariş sohasida yangi iş örinlari yaratiş, aholi bandligi va farovonligini oşirişdan iboratdir.

Qaror asosida Şayxontohur tumanida böş turgan yer uçastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bölgan qismi “Özsanoatqurilişbank” ATBning investitsiya kompaniyasi – “PSBCapital” MÇJga köp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini taşkil etiş uçun ajratib berildi. Bunda Özsanoatqurilişbank va “PSBCapital” kompaniyasiga istisno tariqasida texnopark hududida obektlarni belgilangan şaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalaştiriş şartlarida qurişga ruxsat berildi.

Bugungi kunda “Oqlon” texnoparki majmuasida qator yirik korxonalar öz işlab çiqariş faoliyatini boşlaş arafasida turibdi.

Ulardan biri turli xildagi koptoklarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Overbridge” korxonasidir. Jami qiymati 45,0 mlrd. söm bölgan uşbu loyiha uçun taşabbuskor mablağlaridan taşqari xorijiy investitsiyalar hamda bank kredit mablağlari ham jalb qilindi. 550 nafar işçi doimiy iş bilan ta'minlandi. Korxona töla quvvatda işga tuşsa, yiliga 875,0 ming dona koptok işlab çiqariş yölga qöyiladi.

“Lider kosmetik”. Uşbu korxona texnoparkdagi katta yer maydoniga ega işlab çiqariş obektlaridan biridir. U yerda sanitar-gigiyenik mahsulotlar işlab çiqariş közda tutilgan. Uni barpo etiş, jihozlaş va dastlabki xomaşyo bilan ta'minlaş işlariga 35,0 mlrd. sömlik mablağ yönaltirildi. Şundan 2,5 mln. AQŞ dollari miqdoridagi mablağ Özsanoatqurilişbank tomonidan Xitoy davlat taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan Turkiyadan zamonaviy texnologik jihozlar keltirişga jalb qilindi. 260 ta yangi iş örni yaratildi.