Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 davlatlari Ukrainadagi saylovlarni baholadi
«Katta yettilik» mamlakatlari elchilari YeXHTning Ukrainadagi prezidentlik saylovlari bo‘yicha dastlabki xulosalariga qo‘shilib, ularni raqobatli va tinch, deb atashdi. G7 bayonoti tvitterda e'lon qilindi.
Bayonotda aytilishicha, yevropalik kuzatuvchilar Ukrainadagi prezidentlik saylovlarini «umuman olganda ijobiy» baholadilar. Shuningdek, G7 tvitterida qayd etilishicha, 31 mart kungi ovoz berish «ikkinchi turga yo‘l ochadi».
Bundan tashqari, «Katta yettilik» vakillari Ukraina prezidentligiga nomzodlarni qonunlarga rioya etishga chaqirishdi.
Bundan oldin, Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 60 foizini sanab chiqqandan so‘ng, hech bir nomzod saylovchilarning yetarlicha ovozini to‘play olmagani to‘g‘risida rasman ma'lum qildi. Mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi.
Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz berish yakunlarini 10 aprelga qadar e'lon qiladi. Ikkinchi tur 21 aprel kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026