Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Moskvaga boradi
O‘zbekiston delegatsiyasi MDH TIVK yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 5 aprel kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Vazirlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek MDH ishtirokchi davlatlarining barqaror rivojlanishini ta'minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.
MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi Hamdo‘stlik hukumatlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashining bir yilda ikki marotaba o‘tkaziladigan yig‘ilishlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026