Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Uning vazifalari qatorida parlament quyi palatasi tomonidan kelib tushgan sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda qonunchilik, davlat va jamiyat qurilishi sohasiga oid qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Senat Kengashiga kiritish kabi vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Qo‘mita zimmasiga ushbu yo‘nalishlardagi davlat dasturlarining ijrosi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish yuklatildi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026