Jamiyat | 15:58 / 03.04.2019
17498
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda mehmon aka-ukalarni jarohatladi

Foto: kaluganews

2019 yil 27 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi G.T. (ayol)ning uyida mehmonda bo‘lgan tanishi S.B. o‘zaro janjal oqibatida Arabxona mahallasida yashovchi J.Q.ning qorin va o‘ng oyoq son qismiga va uning akasi Sh.Q.ning qorin va o‘ng qo‘l yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada aka va ukalar kasalxonaga yotqizilganlar, S.B. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid