Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat»: ikkita yo‘nalishga yangi avtobuslar qo‘yildi
Foto: Toshshahartransxizmat
“Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtobus saroylari tasarrufidagi yo‘nalishlarga yangi avtobuslarni biriktirish, harakat tarkibini yangilashda avvalo yo‘lovchilar oqimi, transportga bo‘lgan talab hisobga olinmoqda, deyiladi AJ xabarida.
Qayd etilishicha, so‘nggi keltirilgan katta sig‘imli “MAN” rusumli avtobuslarning yana 5 tasi 93-“Qo‘yliq-1 mavzesi – Yunusobod 9 mavze” yo‘nalishiga qo‘yildi. 14 harakat jadvali bilan yo‘nalish avtobus bilan to‘liq ta'minlandi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar qariyb 80 foizga yangilandi.
Bundan tashqari, 67-“Yunusobod 19 mavze – Xalqaro aeroport” yo‘nalishiga eski "Isuzu" rusumli avtobuslar o‘rniga 8ta jadval asosida o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar biriktirildi.
Avtobuslar bugun, 3 apreldan yo‘lovchilarga xizmat qila boshladi.
Mavzuga oid
09:00 / 07.04.2026
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 19.03.2026