Jahon | 22:26 / 03.04.2019
28586
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp otasi tug‘ilgan davlatni yana adashtirib yubordi

Foto: AP Photo/Pablo Martinez Monsivais

AQSh prezidenti Donald Tramp yana yanglish tarzda jurnalistlarga otasi Fred Tramp AQShda emas, Germaniyada tug‘ilganini aytgan. Bu Oq uyda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuvda yuz bergan.

Tramp OAV savollariga javob berish vaqtida Germaniya NATO bo‘yicha majburiyatlari doirasida mudofaaga “o‘z ulushini” to‘laqonli to‘lamayotganini aytgan. Shu bilan birga, u Germaniya kansleri Angela Merkel va Germaniya davlatini hurmat qilishini, otasi ham nemis bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. “U nemis bo‘lgan va Germaniyadagi ajoyib joyda tug‘ilgan, shu sababli menda Germaniyaga nisbatan ajoyib tuyg‘ular bor”, deb aytgan Tramp. 

The Washington Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp bunday xatoga birinchi marta yo‘l qo‘ymayapti. Aslida Fred Tramp AQShning Nyu-York shahrida 1905 yilda tug‘ilgan. Biroq Trampning bobosi – Fridrix haqiqatan ham Germaniyadan bo‘lib, 1885 yilda AQShga emigratsiya qilgan. U Amerikada muvaffaqiyatga erishgach, Germaniyaga qaytmoqchi bo‘lgan, biroq 1905 yilda rafiqasi bilan birga noqonuniy emigratsiya uchun AQShga qaytarib yuborilgan. 

O‘tgan yil ham Tramp bir necha marta otasi Germaniyada tug‘ilganini aytgan. “Esingizdan chiqarmang, mening ota-onam Yevropada tug‘ilgan: onam Shotlandiyadan, otam esa Germaniyadan”, deb aytgan Tramp. Bunda AQSh prezidenti onasi borasida hech nimani adashtirmayapti – Meri Makleod haqiqatan ham Shotlandiyada tug‘ilgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid