Jahon | 10:40 / 04.04.2019
7887
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Efiopiyadagi Boeing halokatining yangi versiyasini ma'lum qildi

Foto: EPA-EFE/STR

Ethiopian Airlines’ning Boeing 737 MAX 8 yo‘lovchi layneri qush yoki boshqa obekt bilan to‘qnashuv natijasida qulagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda ABC News aviahalokat bo‘yicha surishtiruvdan xabardor manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ularning aytishicha, layner begona obekt bilan to‘qnashuvi «hujum burchagi» datchigining buzilishiga, bu esa manyovr qilishni tuzatish tizimi (MCAS) xato tufayli faollashtirilishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, Boeing uchuvchilari samolyot ustidan nazoratni qayta tiklay olmagan, shu sababli layner halokatga uchragan.

MCAS samolyot haddan tashqari yuqoriga og‘ib ketishining oldini olish uchun mo‘ljallangan. Uning ishidagi kamchilik o‘tgan yil oktyabrida Indoneziyada qulagan Boeing halokatining ehtimoliy sababi sifatida ko‘rilgandi. Efiopiyada layner qulashi ham tizimning noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgani aytiladi.

Bundan oldin, Indoneziyadagi Boeing 737 halokatining yangi tafsilotlari oshkor etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid