Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya podshohi Iroqqa milliard dollar tuhfa qildi
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Iroqqa bir milliard dollar tuhfa qildi, bu pullar Bag‘dodda sport shaharchasi barpo etishga sarflanadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining “Al-Ixboriya” telekanali savdo va investitsiyalar vaziriga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni savdo va investitsiyalar vaziri Majid al-Kasabiy podshohning tuhfasi haqida Iroq prezidenti Barhom Salohga uning Ar-Riyodga tashrifi vaqtida ma'lum qilgan.
2018 yil martida Iroq hukumati Saudiya Arabistoni Iroqda 100 ming kishilik stadion qurishini ma'lum qilgan. Biroq deyarli bir yildan keyin Saudiya Arabistonining Iroqdagi elchisi uning mamlakatida nafaqat stadion qurish, balki Iroqqa butun boshli sport shaharchasi tuhfa qilish rejasi borligini ma'lum qilgan.
Saudiya Arabistoni oxirgi vaqtda qo‘shni Iroqni Eron ta'siridan olib chiqish uchun u bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga faol intilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026