Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «MGIMO» bitiruvchilari forumi tashkil etiladi
2019 yilning 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Malgin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda MGIMO bitiruvchilarining V Forumini 17-19 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda institutning sobiq talabalari – turli mamlakatlardan davlat tashkilotlari, biznes, fan va madaniyat vakillari ishtirok etadi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda kelgusi o‘quv yilidan magistratura va bakalavr dasturlari bo‘yicha ta'lim olib boriladigan MGIMO filialining to‘liq faoliyatini boshlashga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
17:12 / 05.06.2026