«Katta tanishi»iga «orqa qilgan» hududiy rahbar ishdan olindi
Surxondaryo viloyati hududiy gaz ta'minoti filiali boshlig‘i Erkin Murodov lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, Erkin Murodov ish faoliyatida mahalliychilik va tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan.
Biroz avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Erkin Murodov o‘tkazgan majlislardan birida yozib olingan audio tarqalgandi. U «o‘ziga hech kim daxl qilolmasligi va yuqorida o‘zini qo‘llaydigan katta tanishlari borligi» haqida ochiq gapirgandi.
Qayd etish kerakki, 2018 yilning avgustida «O‘ztransgaz» AJ hududiy gaz ta'minoti filiallari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun Surxondaryo viloyati hududiy gaz ta'minoti filiali boshlig‘i Erkin Murodov bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgandi. Ammo u shundan keyin ham lavozimini saqlab qolayotgandi.
Mavzuga oid
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024