Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
“L. Kuppens xonim O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni bezgakdan xoli qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e'tirof etdi”, deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, maqsadli tadbirlar o‘tkazilishi natijasida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bezgakning mahalliy qayd etilishi umuman kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2017 yilda O‘zbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e'tirof etgandi.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026