Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Erondan Xitoygacha bo‘lgan transport yo‘lagiga qo‘shildi
4 aprel kuni Olmaotada umumiy xalqaro transport yo‘lagida yuk tashishni yanada rivojlantirish masalasi bo‘yicha Qozog‘iston, Xitoy, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘l ma'muriyatlari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Eron - Xitoy yo‘nalishiga qo‘shimcha yuklarni jalb qilish, Xitoy - Qozog‘iston - O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron yo‘lagi bo‘yicha 2019 yilga yuk konteynerlari uchun muntazam konteyner servislarini tashkil etish hamda tarif shartlarini belgilash masalalari muhokama qilindi. Joriy yilning aprel oyidan boshlab Oqtau - Olot yo‘nalishi bo‘yicha muntazam fider servisi ishga tushirilmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Xitoy - Qozog‘iston - Turkmaniston - Eron temir yo‘l yo‘lagiga qo‘shildi. Tomonlar ushbu yo‘nalish bo‘ylab konteyner tashuvlarida O‘zbekiston tomonining ishtiroki to‘g‘risidagi qarorni muvofiqlashtirib olishdi. Shuningdek, tomonlar kompleks tarif stavkalari bo‘yicha kelishib oldi. Uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolandi, deya xabar bergan «Qozog‘iston temir yo‘li» matbuot xizmati.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
09:45 / 23.06.2026