Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 737 MAX samolyotlari ishlab chiqarishni qisqartirdi
Boeing korporatsiyasi ikkita aviahalokatdan keyin ko‘plab mamlakatlarda parvozlari taqiqlab qo‘yilgan 737 MAX samolyotlarini ishlab chiqarish qisqartirilishi to‘g‘risida xabar berdi.
Aprel oyi o‘rtalaridan Boeing bir oyda 52ta samolyot o‘rniga 42ta layner ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu korporatsiyaga halokatlar bilan aloqador ekani aytilayotgan dasturiy ta'minotdagi muammolarni to‘g‘rilashga bor e'tibor qaratish uchun imkon beradi.
Avvalroq, korporatsiya mijozlarga yangi Boeing 737 MAX samolyotlari yetkazib berishni to‘xtatdi.
Bundan oldin, Indoneziyadagi Boeing 737 halokatining yangi tafsilotlari oshkor etilgandi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, Indoneziyada halokatga uchragan, Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 MAX samolyoti hujum burchagi nosoz datchigi aviahalokatdan oldin AQShdagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazida ta'mirlangan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026