Sport | 22:00 / 06.04.2019
7818
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. Benzemaning gollari «Real»ga irodali g‘alabani keltirdi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatida 31-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Real» o‘z maydonida «Eybar»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

39-daqiqada Kardona «Real» himoyachilarining xatosidan foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Madridliklar 2-bo‘limda o‘yinda burilish yasadilar. 59 va 81-daqiqalarda Karim Benzema to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 60 ochko bilan 3-o‘rinda, «Eybar» esa 39 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.   

La Liga, 31-tur
Real Madrid – Eybar 2:1 

6 aprel, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 0:1 – 39 Kardona, 1:1 – 59 Benzema, 2:1 – 81 Benzema. 
Real Madrid – Navas, Odriosola, Nacho, Varan, Regilon, Isko (Braim Dias, 90), Modrich (Vaskes, 76), Asensio, Valverde, Beyl (Kroos, 77), Benzema.
Eybar – Dmitrovich, Xose Anxel, Paulu Oliveyra, Ramis (Orelyana, 54), Kukurelya (Sharles, 84), Eskalante, De Blasis, Alvares, Jordan, Kardona (Penya, 72), Enrik.
Ogohlantirish: Paulu Oliveyra (21).

Mavzuga oid