Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya FXXning sobiq direktori vafot etdi
Davlat dumasi deputati va Federal xavfsizlik xizmatining uchinchi direktori bo‘lgan Nikolay Kovalyov 69 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi RBK.
Xabarda aytilishicha, u uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan.
Kovalyov 1949 yilda Moskvada tug‘ilgan bo‘lib, Moskva elektronika va matematika institutini bitirgan.
U 1974 yilda sobiq SSSR DXQga ishga kirgan va turli operativ hamda rahbarlik lavozimlarida ishlagan — 1996 yilda Rossiya prezidenti farmoni bilan FXX direktori etib tayinlangan.
Kovalyov Afg‘onistondagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan bo‘lib, armiya generali unvonini olgan. 1998 yilda zaxiraga chiqqanidan so‘ng «Nauchniy sentr» konserni bosh direktorining o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:07 / 30.06.2025
Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi
17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi
21:54 / 27.02.2025
Putin FXXga rossiyaliklar orasida josuslarni faolroq qidirishni buyurdi
20:44 / 04.02.2025