AQSh Saudiya Arabistonining 16 fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistonining 16 nafar fuqarosiga mamlakat hududiga kirishni taqiqlab qo‘ydi. Bu saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlik bo‘yicha gumonlar bilan bog‘liq, deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.
Amerika tashqi siyosat idorasida aniqlik kiritilishicha, taqiq «2019 yilda Davlat departamentini moliyalashtirish, xorijdagi faoliyat va bu bilan bog‘liq dasturlar to‘g‘risidagi qonun»ning 7031-bo‘limiga muvofiq joriy etildi.
Qayd etilishicha, u Amerika hukumatining Davlat departamentida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha «ishonchli ma'lumot» bo‘lsa, xorijiy fuqarolarga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘yish huquqini nazarda tutadi.
Bundan oldin, Saudiya Arabistonida dollarni qulatish fikridan voz kechilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:30
AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:28
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:59 / 19.09.2024