Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Nukusdagi qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
2019 yil 8 aprel kuni soat 04:00larda Nukus shahar, Taxtako‘pir ko‘chasi 66-uyda yashovchi D.M. (1956 y.t.) uyida yurgan noma'lum shaxsning ovozini eshitib, u tomonga borgan vaqtda noma'lum shaxs uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq bilan bir marotaba urgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, noma'lum shaxs D.M. uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan turmush o‘rtog‘i A.Sh.ning (1961 y.t.) ko‘krak qafasining chap tomoniga pichoq bilan bir marotaba urib, voqea joyidan yashiringan.
A.Sh. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan 08.04.2019 yilda Nukus shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026