Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit 30 iyunga ko‘chirildi
Foto: AP Photo/Alastair Grant
Britaniyalik deputatlar Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan chiqishni boshlashni 30 iyungacha qoldirish taklifiga rozi bo‘lishdi. Avvalroq 29 martga belgilangan jarayonni 12 aprelgacha qoldirish bo‘yicha kelishishga muvaffaq bo‘lingandi.
Brexit’ning ko‘chirilishini quyi palataning 420 a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, 110 a'zosi unga qarshi chiqqan.
Bu orada Yevropa Ittifoqi Britaniyaning hamjamiyatdan chiqishini bir yilga qoldirish mumkinligiga yo‘l qo‘ymoqda. 10 apreldagi sammitda Brexit’ning 2020 yil martigacha qoldirilishi masalasi ko‘tarilishi haqida Yevropa davlatlari rahbarlariga Yevrokengash raisi Donald Tusk ma'lum qilgan.
Bu orada Germaniya kansleri Angela Merkel Mey bilan Berlinda uchrashib, Brexit qanday shartlarda kechishini muhokama qilgan.
Shundan keyin Merkel Yevropa Ittifoqining 10 apreldagi sammitida Brexit joriy yil oxirigacha yoki 2020 yil boshigacha qoldirilishi mumkinligi muhokama qilinishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
12:29 / 20.03.2026
YeI yil oxirigacha Rossiya STGdan voz kechishni rejalashtirmoqda
13:05 / 19.03.2026
Mers: Yevropa Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerak
16:42 / 18.03.2026