Jahon | 22:02 / 09.04.2019
27174
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Putin bilan tasvirlangan plakat uchun uzr so‘radi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining “Yoki Poroshenko, yoki Putin” degan tashviqot shiorini omadsiz chiqqan deb aytdi.    

Poroshenko uning Putin bilan birga tasvirlangan Rossiyaga qarshi plakatlari prezident saylovlari bo‘yicha raqibi Vladimir Zelenskiy bilan bog‘langani uchun ukrainaliklardan uzr so‘ragan.

“Men Zelenskiyni Putinning agenti ekanlikda ayblamayapman. Agar kimdir buni shunday tushungan bo‘lsa, uzr so‘rayman”, deb aytgan Poroshenko ICTV telekanali efirida. 

Shuningdek, Poroshenko Zelenskiyni yaxshi aktyor deb atagan.

Avvalroq “Chestno” jamoat harakati tahlilchisi Igor Feshenko feysbukdagi sahifasida Poroshenko saylovlarning 2-bosqichida o‘zini Putinga qarshi qo‘yayotgan reklama suratini joylashtirgan. Uning ta'kidlashicha, Poroshenkoning tashviqot palatkalarida ham shunday tasvirli gazetalar tarqatilmoqda. Bunday plakatlarning adadi 4 mln nusxani tashkil qiladi. 

Ukrainaning sobiq adliya vaziri Yelena Lukashning aytishicha, Poroshenko o‘z reklamasida Putinning tasviridan foydalanishi uchun avval uning roziligini olishi kerak edi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid