Erdo‘g‘an Istanbuldagi saylovlar natijalarining bekor qilinishini talab qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi saylovlardagi qoidabuzarliklar natijalarning bekor qilinishiga olib kelishi kerakligini aytdi. U bu haqda Sabah nashriga bergan intervyusida aytgan.
31 martda o‘tgan mahalliy saylovlar natijalariga ko‘ra, Turkiyaning eng yirik shahri hisoblangan Istanbulning yangi meri muxolif Respublika xalq partiyasi vakili Akrom Imomo‘g‘lu bo‘lgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning ta'kidlashicha, Istanbulda yana bir saylovlarning o‘tkazilishi shubhalarni yo‘qqa chiqarishga imkon beradi. Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi yangi saylov o‘tkazilishini talab qilmoqchi. Saylov komissiyasi partiyaning Istanbulning 31 ta tumanidagi barcha ovozlarni qayta hisoblab chiqish talabini rad etgan va faqatgina 21 ta tumandagi 51 ta saylov qutisini tekshirishga rozi bo‘lgan.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, saylovlarga “uyushgan jinoyatchilik” aralashgan. Uning partiyasida saylov qutilariga javobgar amaldorlar noqonuniy belgilangan, deb hisoblanmoqda.
O‘z navbatida Respublika xalq partiyasi vakili Faiq O‘ztrak Erdo‘g‘an partiyasini noqonuniy harakatlarda ayblagan.
“Tinimsiz shikoyat qilmoqdasiz va bu ikki narsa haqida gapiradi. Yoki siz saylovlardan ham o‘ta olmaydigan darajada nokompetensiz, yoki mag‘lubiyatni qabul qila olmaydigan omadsizsiz”, deb aytgan O‘ztrak.
Agar Erdo‘g‘an partiyasi talabi qondirilsa, unda Istanbuldagi yangi saylovlar 2 iyunda bo‘lib o‘tadi.
31 martdagi saylovlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an partiyasi poytaxt Anqara ustidan nazoratni ham boy bergan. Anqaraga Respublika xalq partiyasidan Mansur Yavosh mer etib saylangan. Anqara boy berilgandan keyin Izmir, Antaliya, Adana shaharlari ham turk muxolifati nazoratiga o‘tgani haqida xabarlar berila boshlangan.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024