Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi saylovlar: Netanyaxu partiyasi yetakchilik qilmoqda
Foto: Oded Balilty/AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netyanyaxuning «Likud» hukmron partiyasi 64 foiz ovozlarni hisoblash natijalariga ko‘ra, knessetdagi 38 o‘ringa ega bo‘lmoqda. Haaretz gazetasi ovozlarni hisoblash jarayonini onlayn rejimda kuzatib bordi.
Ta'kidlanishicha, Benni Gans boshchiligidagi «Kaxol-Lavan» muxolif markaziy blok hozirgi vaqtda knessetdagi 35 o‘ringa da'vogarlik qilishi mumkin.
Saylovlarning rasmiy natijalari hozircha e'lon qilinmadi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ma'lum qilishicha, yangi hukmron koalitsiyani tuzish bo‘yicha partiya yetakchilari bilan muzokaralar boshlagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Bugun tunda ularning bari [o‘ng partiyalar yetakchilari] meni keyingi hukumatni shakllantirish uchun tavsiya qilishlari to‘g‘risida ochiq e'lon qildilar», - dedi Netanyaxu.
Shuningdek, o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida u saylovlar natijalarini «aql bovar qilmaydigan yutuq», deb atagan.
Bundan oldin, Isroildagi parlament saylovlarida kim g‘alaba qozonishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
13:04 / 25.02.2026
AQSh Isroilga o‘z sinfidagi eng ilg‘or F-22 Raptor qiruvchilarini yubordi
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026