Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Arktikada AQShga qarshilik ko‘rsata olmasligi aytildi
Arktikaning muzlik sharoitida Rossiya harbiy dengiz floti torpedalardan mustaqil nishonga oluvchi tizim yoqilgan holda biron marta o‘t ochmadi va so‘nggi lahzaga qadar bunday sharoitda ishonchli tarzda mo‘ljalga olish imkoniyatiga ega bo‘lgan «Fizik-1» torpedalariga ega emasdi. Bu haqda harbiy mutaxassis Maksim Klimov «Nezavisimaya gazeta»da yozmoqda.
Mutaxassis ta'kidlashicha, AQShning shunga o‘xshash mashqlari, masalan, ICEX (Ice Exercise) muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Ekspertga ko‘ra, Rossiya moliyalashtirishning yo‘qligi va flot bo‘yicha muammoli masalalar oshkor bo‘lib qolishidan xavfsirab bunday tadbirlardan voz kechgan.
Klimovning yozishicha, «ehtimoliy dushman» haqiqiy vaziyatlarga imkon qadar yaqin bo‘lgan holatda qattiq harbiy tayyorgarlikni o‘tayotgan bir paytda, Rossiya tomoni faqat «Arktik fitness» bilan shug‘ullanmoqda.
«Natijada, Rossiya harbiy dengiz flotining suv osti kuchlari muzlik sharoitida jangga yaray olmasligi bo‘yicha vaziyatga tushib qoldi. Shubhasiz, bu vaziyat qabul qilib bo‘lmas va uning yechimi bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rish kerak», - deya xulosa qilgan Klimov.
Bundan oldin, amerikalik admiral Arktika bo‘yicha bayonot bergandi.