Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi ochiq osmon ostidagi muzeyni bilasizmi?
Fayoztepa eramizgacha taxminan I-III asrlarda qurilgan bo‘lib, haqli ravishda O‘zbekiston hududidagi eng qadimiy yodgorliklardan biri hisoblanadi. Termiz shahrining shimoli-g‘arbidagi ushbu Budda ibodatxona kompleksi nisbatan yaqinda topilgan, deyiladi uzbekistan.travel’da.
Hikoya qilinishicha, 1968 yilda cho‘pon bu yerda oddiy toshga o‘xshamagan, ko‘proq haykalchalarni eslatuvchi noyob buyumni topadi. Uzoq o‘ylab o‘tirmay, topilmani o‘lkashunoslik muzeyiga olib boradi va uning 19 asr avvalgi Budda haykali ekanidan xabar topadi.
Shundan so‘ng bu yerda yillab qazilma ishlari olib boriladi va bu ishlarning natijasida ajoyib ochiq osmon ostidagi muzey kashf qilinadi.
Fayoztepa uch monumental qurilmadan iborat bo‘lib, uning markaziy qismida ibodatxona, shimoli-g‘arbiy qismida monastir va janubi-sharqida xo‘jalik qurilmalari joylashgan.
Kompleksning umumiy maydoni - 1,5 kv km. Majmuaning bir qismi boshqalariga o‘xshamagan zinapoyalardan iborat, ular odatdagidek markaziy qismda emas, majmua maydonidan tashqarida joylashgan.
Majmuaning har bir xonasida turli hajmdagi (30 sm’dan 1,5 metr balandlikkacha bo‘lgan) buyumlarni ko‘rish mumkin, ularning ustida Budda haykallari joylashgan.
Har yili bu yerga minglab sayyoh va ziyoratchilar tashrif buyurishadi hamda Osiyo bo‘ylab buddizm tarqalgan maskanni o‘z ko‘zlari bilan tomosha qilishadi.
Bundan avval Kun.uz’da Fayoztepa yodgorligi qanday haqiqatdan dalolat berishiga oid maqola taqdim etilgan edi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
17:03 / 23.05.2026
Termizda quruvchiga 217 tup daraxtni kesib tashlashda yordamlashgan sobiq mansabdor jazoga tortildi
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
15:32 / 09.04.2026