Toşkentlik arxeolog Albaum 1963 yili Eski Termiz şahri vayronalari atrofidan qadimgi ibodatxona qoldiqlarini topgan. Tarixiy ahamiyatga ega maskan Fayoztepa nomini olişiga Surxondaryo viloyati Ölkaşunoslik muzeyi rahbari R.F. Fayozov arxeologiya ilmiga qöşgan hissasi sabab bölgan.

Fayoztepa qanday maskan bölgan?
Qadimgi ibodatxona vazifasini ötagan maskanda mahalliy ötroq aholi diniy urf-odatlarini amalga oşirgan. Arxeologlar qazişma işlar çoğida maskandan örta hajmli Budda haykali (eramizning I-III asrlariga oid), uy anjomlari va oşxona jihozlari, kundalik turmuşda kerak böladigan aşyolar topişgan.
Ibodatxona 1,5 ming kv.m maydonda joylaşgan bölib, uning markazida Vixara, uç bölimdan iborat binoda esa yotoqxona, ombor va maişiy maqsadlarda barpo etilgan xonalar bölgan.

U qanday ahamiyatga ega?
Fayoztepa yodgorligi, avvalo, şu hududda yaşagan aholining 2000 yil avval atrof-muhit haqidagi bilimlari naqadar puxta bölganidan dalolat beradi. Masalan, tepalik yaqinidan oqib ötuvçi Amudaryo va Eski Termiz orasida katta masofa bölmasa-da, aholi suv ayriğiç (akveduk) inşootini qurib, şahar kanalizatsiyasini taşkil etişga muvaffaq bölişgan. Şuningdek, Fayoztepa ibodatxonasi markazida hovuz, uning çetlaridan toşdan qurilgan ustunlar şiftni kötarib turgan. Bu grek-rim me'morçilik san'atini eslatib yuboruvçi arxitektura yeçimi Eski Termiz aholisi sivilizatsiya markazini barpo eta olişganini bildiradi.
























