Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Samarqandning savdo va investitsion salohiyati namoyish etildi
Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari bilan borgan Samarqand viloyati delegatsiyasi a'zolari Xenan provinsiyasida ish boshlagan XIII savdo va investitsiyalar xalqaro yarmarkasida Samarqandning savdo va investitsion salohiyatini namoyish etishdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur yarmarkada tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi bilan bir qatorda tadbirkorlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati ko‘rgazmali vositalar asosida taqdimot qilindi. Bir qator xorijiy tadbirkor va ishbilarmonlar bilan muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, Xenan provinsiyasining mahalliy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi. Biznes forum davomida samarqandlik tadbirkorlar investitsion loyihalari haqida ma'lumot berib, hamkorlik olib borish masalasida xitoylik tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishdi hamda qator memorandum va shartnomalar imzolashga erishildi.
Delegatsiya a'zolarining XXRga tashrifi davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
22:32 / 17.06.2026