Jahon | 07:42 / 10.04.2019
12176
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yo‘qolib qolgan F-35 qiruvchi samolyoti bo‘laklari topildi

Foto: Amir Cohen / Reuters

Yaponiya mudofaa kuchlari 9 aprelda Tinch okeani ustida yo‘qolib qolgan F-35A qiruvchi samolyotining ehtimoliy bo‘laklarini topganini ma'lum qildi.

9 aprelda Tinch okeanida mashg‘ulot parvozi vaqtida F-35A yo‘qolgani, uning bortida bir uchuvchi bo‘lgani ma'lum qilingan.

“Kiodo” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Misava harbiy bazasiga qarashli samolyot Aomori prefekturasi yaqinida mashg‘ulot parvozini bajarayotgan bo‘lgan. 

NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, F-35 turidagi samolyotlar Yaponiyaga 2018 yilda yetkazilgan. Misava bazasida hammasi bo‘lib shunday samolyotdan 13 ta bor bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid