Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda «Keksalar maslahati» guruhlari tashkil etiladi
Mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida hududning keksa avlod vakillaridan tuzilgan «Keksalar maslahati» guruhlari tashkil etiladi. Bu haqda «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini oshirish chora-tadbirlari» mavzusidagi brifingda axborot berildi.
2019 yil 2 aprel kuni «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutining mavqeini mustahkamlashga oid qator o‘zgarishlar belgilangan.
Xususan, mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qilish organlari nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida «Keksalar maslahati» guruhlari tashkil etiladi.
«Keksa avlod vakillarini hech kim tinglamay qo‘ygandi. Hatto muhim tadbir va yig‘inlarga ham keksalarimizni taklif qilmaydigan darajaga borib qolgandik. Vaholanki, ular katta hayotiy tajribaga ega, hayotning past-balandini biladi. Jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda keksalarning maslahatlaridan ham o‘rinli foydalana olishimiz kerak», — deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruv raisi Shavkat Javlonov.
Shuningdek, yuqoridagi farmon asosida Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda «Elektron hukumat» tizimi doirasida «Mahalla» elektron ma'lumotlar bazasini ishga tushirish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va o‘rinbosarlari lavozimiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Oqsoqollar vakolatlarining yangi muddati uch yil etib belgilangan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, mahalla raisligiga ko‘rsatilgan nomzodlarning aksariyatini iste'fodagi harbiylar tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026