Jamiyat | 16:40 / 11.04.2019
5666
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqaroni 80 mln so‘mga «uxlatgan» shaxs qo‘lga olindi

Fuqaro M.A. 2019 yil 9 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2018 yil avgust oyida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi H.A., unga Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida joylashgan binoni buzilishini va binodan chiqqan eski qurilish mollarini berishini aytib, aldov yo‘li bilan oldindan 80 mln. so‘m pulini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, H.A. qo‘lga olingan. 

Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid