Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kirish-chiqish joylari bo‘lmagan antiqa stansiya ochildi
Yaponiya janubida faqatgina tomosha maydonchasi sifatida xizmat qiluvchi antiqa temir yo‘l stansiyasi ochildi. Stansiya Xonsyu orolidagi Nishikigava Seyriu yo‘nalishida joylashgan.
Stansiya ko‘prik ustida joylashgan bo‘lib, Seiryu-Miharashi deb ataladi hamda kirish joyiga ham, chiqish joyiga ham ega emas. Stansiyada faqatgina kichik platforma bo‘lib, unga kelgan poyezd orqali tushish mumkin. Stansiyadan keyingi kelgan poyezdlardagina ketish mumkin.
Stansiyada hattoki o‘rindiqlar ham bo‘lmay, sayyohlar keyingi poyezdni uzoq kutishlariga to‘g‘ri kelmaydi – bu yerdan har 10 daqiqa poyezd o‘tib turadi.
Sayyohlar stansiyadan Nishiki daryosi va atrofdagi o‘rmonga ochiladigan manzaralardan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Stansiya bir oy oldin ochilgan va ijtimoiy tarmoqlar tufayli tanilib ketgan.
2019年3月19日に開業した「清流みはらし駅」です。😃
— #Kuribo (@TakaKuribo) March 26, 2019
ここはイベントの時しか止まらず、清流線で降車しないと立ち入ることができない秘境駅です。😄
(動画は錦町へ行くときに撮影)#岩国 #岩国市 #錦川鉄道 #錦川清流線 #秘境駅 #清流みはらし駅 pic.twitter.com/WguB3pNk4Q
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026