Iqtisodiyot | 10:29 / 12.04.2019
11038
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Jizzakh Petroleum’dagi o‘z ulushini qisqartirmoqchi

Foto: avtosreda.ru

O‘zbekiston Jizzakh Petroleum’dagi o‘z ulushini qisqartirmoqchi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida aytiladi.

Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi 2017 yil iyun oyida «O‘zbekneftgaz» (qo‘shma korxonadagi ulush - 60%) va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘'ba korxonasi, 40%) tomonidan tashkil etilgan. Endi «O‘zbekneftgaz»ning ulushini 30 foizgacha kamaytirish taklif etilmoqda. Mos ravishda, xorijiy ta'sischilarning ulushi 70 foizgacha oshadi.

Jizzakh Petroleum’ning o‘zi Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy yoqilg‘i quyish kompleksi qurilishiga mas'ul etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Zamonaviy yoqilg‘i quyish kompleksini qurish uchun moliyalashtirishni jalb qilish masalalari chet ellik ta'sischilar bilan ishlab chiqiladi, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish ustun darajada ko‘zda tutiladi.

Kutilishicha, kompleks qurilishi respublika aeroportlari orqali parvozlarni bajarishga chet ellik aviakompaniyalarni jalb qilish, shu jumladan, havo kemalarni aviatsiya yoqilg‘isi bilan ta'minlash, aviatsiya yoqilg‘isini yetkazib berish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy qilish orqali ko‘rsatiladigan aeroport xizmatlarining tijorat jozibadorligini yuksaltirishga yordam beradi.

Mavzuga oid