Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB tadbirkorga 1 mlrd so‘m undirib berdi
MIBning Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot sudining qarzdor AJdan undiruvchi “Sapaly Kurylys” MChJ foydasiga 979,9 mln so‘m qarzdorlik undiruvi bilan bog‘liq ijro varaqasi kelib tushadi va ijro ishi qo‘zg‘atiladi.
Ijro hujjatining ijrosini ta'minlash maqsadida, qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan hamda hisob raqamida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan mehmonxona va omborxona binolari xatlovga olinib, baholanadi hamda elektron onlayn-auksion orqali savdoga chiqariladi.
O‘tkazilgan elektron-onlayn auksionda mol-mulklar sotilmaganligi sababli, 372,9 mln. so‘mga baholangan mol-mulklar undiruvchi “Sapaly Kurylys” MChJga qarzdorlik evaziga o‘z balansiga olish bo‘yicha taklif qilinadi va undiruvchi roziligi bilan balansiga o‘tkazib berildi.
Shuningdek, Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 465 mln. so‘m, keyinchalik yana 141,9 mln. so‘m undiruvchining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Jami bo‘lib esa 979,9 mln. so‘m undirildi, deya xabar berdi MIB.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
20:15 / 28.02.2026