Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Finlyandiya faxriy konsulligi ochildi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi
Joriy yilning 11 aprelida Finlyandiyaning rasmiy delegatsiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati, o‘zbek tomonining tegishli vazirlik va idoralari vakillari, shuningdek, 47 nafar yetakchi Finlyandiya va mahalliy kompaniyalar ishtirokida O‘zbekiston-Finlyandiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi xabariga ko‘ra, tadbir biznes vakillari o‘rtasida yangi investitsiyalar va savdo-iqtisodiy aloqalarning paydo bo‘lishini inobatga olgan holda, ikki mamlakat munosabatlarining dinamik rivojlanish tendensiyasi asosida tashkil etildi.
Turizm, geologiya, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yuksak salohiyati qayd etildi.
Forum yakunida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, qurilish va tibbiyot sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi.
Forumdan so‘ng Finlyandiya Respublikasi Faxriy Konsulligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:06 / 17.11.2025
Finlyandiya prezidenti: Ukrainada tinchlik muzokaralari yil oxirigacha boshlanishi qiyin
21:01 / 01.11.2025
Finlyandiya ta’lim tizimida katta erkinlik mavjud – prezident Stubb
23:29 / 01.09.2025
Finlyandiyada NATO qo‘shinlarining Rossiya chegaralariga eng yaqin shtabi ish boshladi
09:45 / 01.09.2025