Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda dunyodagi eng katta sun'iy marjonqoya yaratilmoqda
BAAning Fujayra amirligi sohillari yaqinida dunyodagi eng katta sun'iy marjonqoyani yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda The National nashri xabar berdi.
Marjonqoyani yaratish bo‘yicha kelishuv BAAning iqlim va atrof-muhit o‘zgarishi bo‘yicha vazirligi va Fujairah Centre for Adventures kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan. Kompaniya Fujayra rahbariyati tomonidan 2017 yilda amirlikda hordiq chiqarishning faol turlarini rivojlantirish uchun tashkil etilgan.
Sun'iy marjon qoya 1,5 mln marjon uchun “uyga” aylanishi kerak. Uning maydoni 300 ming kvadrat metr – taxminan 60 ta futbol maydoniga teng bo‘ladi.
Loyihadan ikki maqsad ko‘zlangan: dengiz jonzotlari va o‘simliklarini saqlab qolish hamda amirlikda turizmni rivojlantirish. Sun'iy marjonqoya dayverlar hamda tabiat ixlosmandlarini jalb qila olishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:00
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026