Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiston va Samarqand o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Informburo.kz
14 aprel kuni Samarqandga Turkiston - Samarqand xalqaro avtobus yo‘nalishining birinchi yo‘lovchilari yetib keldi.
Turkiston viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘nalish har kuni soat 18:00da boshlanadi. Yo‘lovchilar Turkistondagi «Oltin O‘rda» avtostansiyasidan Samarqanddagi «Samarqand» avtovokzaligacha olib boriladi. Yo‘lda Chimkent va O‘zbekistonning Guliston hamda Jizzax shaharlarida to‘xtash nazarda tutilgan. Safar narxi - to‘rt ming tenge (taxminan 10 dollar). Rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra, Turkiston va Samarqand o‘rtasidagi avtobus qatnovi mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimining o‘sishiga ta'sir qiladi.
2018 yilning 10 dekabrida Turkiston - Toshkent avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avvalroq, rasmiylar ikki mamlakat o‘rtasida qatnovchi avtobuslar chegarani hech qanday ortiqcha to‘siqsiz kesib o‘tishi haqida ma'lum qilgandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha birinchi mintaqalararo forum 15 noyabr kuni Chimkentda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.
Mavzuga oid
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
12:13 / 21.01.2026