Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadejda Savchenko ozodlikka chiqdi
Ukraina oliy radasi deputati, davlat to‘ntaruvini tashkillashtirish gumoni bilan tergov izolyatorida saqlangan Nadejda Savchenko ozodlikka chiqdi.
Kiyev viloyati Brovar shahri tuman sudi Savchenkoni va “Zobitlar korpusi” tashkiloti rahbari Vladimir Rubanni ozodlikka chiqarish haqida qaror chiqargan. 16 aprelga o‘tar kechasi ularning hibsda ushlab turilishi muddati poyoniga yetgan. Bundan bir kun avval esa sud ehtiyot chorasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.
“Men ozodlik uchun qanday kurashish kerakligini ko‘rsatdim. Men har bir adolatsiz sudlangan uchun ozodlikni tilayman. Prokurorlar kafolatlaganidek, men qonunlarni buzmayman, xorijga qochmayman. Men Ukrainadan qochmayman, chunki men Ukraina qahramoniman”, deb aytgan Savchenko ozodlikka chiqqach.
Savchenko 2018 yil martida hibsga olingan. Unga Kiyev markazida terakt va Ukraina rahbariyati vakillari, jumladan prezident Pyotr Poroshenkoga suiqasd tayyorlash ayblovi qo‘yilgan. Ukraina xavfsizlik xizmati bu ayblovlarning isboti sifatida deputat asirlarni ozod qilish markazi “Zobitlar korpusi” rahbari Vladimir Ruban bilan davlat to‘ntaruvini muhokama qilayotgani videosini taqdim qilgan. Avvalroq Ruban Poroshenkoga suiqasd tayyorlash va noqonuniy ravishda qurol saqlashda ayblangandi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026