Ukraina Oliy radasi deputat Nadejda Savçenkoni javobgarlikka tortiş, qölga oliş va hibs qilişga rozilik berdi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar qilmoqda.

RIA «Novosti» xabariga köra, Nadejda Savçenko mamlakat parlamenti binosida qölga olindi. 

Parlament Savçenkodan deputatlik daxlsizligini olib qöyiş böyiça taklifga rozi bölgan.

Deputatni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun 291 deputat «ha» deb ovoz berdi. Savçenkoni qölga olişga 277 deputat rozi bölgan bölsa, hibs qiliş uçun – 268.

Ayni damda mamlakat parlamenti binosi oldida ikkita miting bölib ötmoqda - deputat tarafdorlari va raqiblari iştirokida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenkoning közlaridagi qörquv haqida aytib bergandi.