Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ukrainadan shakar sotib olishni kamaytirdi
O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy xaridori bo‘lishdan to‘xtadi. Bundan Ukrainaning «Ukrsukor» shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Mart oyida Ukraina 30,2 ming tonna shakar sotdi. Asosiy hajmlar Ozarboyjon (17%) va Tojikistonga (14%) yetkazib berildi. O‘zbekiston hissasiga 13% to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun, 2018 yil mart oyida O‘zbekiston Ukrainadan 23,5 ming tonna shakar import qilgan. Bu mamlakat umumiy shakar eksportining 50%ini tashkil etadi.
Fevral oyida O‘zbekiston, «Ukrsukor» xabariga ko‘ra, uchta asosiy xaridor orasidan ham joy olmadi - asosiy hajmlar Ozarboyjon (25%), Buyuk Britaniya (18%), Qirg‘iziston va Isroilga (13%dan) yetkazib berildi.
Avvalroq, shakar importi bir necha barobarga tushib ketgani ma'lum bo‘lgandi. Yanvar-fevral oylarida mamlakat 18,3 million dollarlik xorijiy shakarni sotib oldi, bu 2018 yil yanvar-fevral oyidagi ko‘rsatkichga qaraganda deyarli 81 foizga kam.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026