Jahon | 08:54 / 18.04.2019
9756
1 daqiqa o‘qiladi

G20 sammiti ilk marotaba arab davlatida o‘tadi 

Foto: EPA

G20 sammiti ilk marotaba Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 2020 yil noyabriga belgilangan. Bu haqda Al Arabiya axborot agentligi xabar berdi. 

Sammitga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud raislik qiladi.

“Saudiya Arabistoni 2020 yilda sammitning o‘tkazilishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Ikki muqaddas qadamjo asrovchisi podshoh Salmon ibn Abddulaziz Ol Saud raisligidagi Yigirmatalik guruhi xalqaro iqtisodiy hamkorlik uchun bosh forum bo‘ladi”, deyilgan xabarda. 

Joriy yilda sammit Yaponiyada iyunda bo‘lib o‘tadi. G20’ning oxirgi sammiti Argentinada o‘tgandi.

G20’ga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Avstraliya, Kanada, JAR, Argentina, Braziliya, Meksika, Indoneziya va Saudiya Arabistoni kiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid