Sport | 11:04 / 18.04.2019
14362
1 daqiqa o‘qiladi

Maksim Shatskixning Chempionlar Ligasidagi rekordi zabt etildi

Foto: Getty Images

«Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (3:4) qarshi o‘yinning qahramonlaridan bir bo‘ldi.

Koreyalik futbolchi 2ta gol urib, musobaqa tarixidagi eng sermahsul osiyolikka aylandi. Uning gollari soni 12taga yetib, Kiyevning «Dinamo» klubida to‘p tepgan o‘zbekistonlik Maksim Shatskix (11ta) rekordidan o‘zib ketishga erishdi.

Foto: Getty Images

«Tottenhem» Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Ayaks» bilan bellashadi.

Bu mavsumda Son «Tottenhem» tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan. Chempionlar Ligasida 10ta o‘yinda 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Mavzuga oid