- Samarqand jamoasini tabriklayman, qoyil, ğalaba qozonişdi. Şunçaki men uçun ba’zi narsalar qiziq, ötgan yili ham, bu yil ham takrorlanişda davom etmoqda. Tuşunmayman, hakamlar bunday öyinlarni boşqarişmoqda, ammo ularda hattoki özaro aloqa vositasi uçun bölgan quloqçinlar ham yöq. XXI asr, ammo hakam menga «VAR yöq, şu uçun «nauşnik»lar ham yöq», deb tuşuntirayapti. Boş hakam nimanidir körmay qolişi, vaziyat zaxira yoki qanot hakamiga yaxşiroq köringan bölişi mumkin-ku, töğrimi? Bu narsa yöqligi men uçun hayratlanarli.
Tuşunarliki, bizning öyinlarimizda VAR qaçon böladi, qaçonki u kimgadir kerak bölsa. Bunday öyinlarda esa yöq. VARsiz esa nimalar röy berayotganini köryapmiz.
Barçasini hozir körib çiqdik – toza penalti berilmadi, Aziz 3-golni kiritganda ham toza gol edi, ammo endi buni qanday isbotlay olamiz? Heç qanday! Hakamlar haqida gapirişni istamasdim, xohlamayman ham. Çunki buni heç qanday foydasi yöq. Ammo bunday qiliş mumkin emas.
Ha, biz mağlubiyat uçun aybdormiz, bu faqatgina özimizning aybimiz. Birinçi taymni töliq boy berdik, Samarqand klubi yetarliça yaxşi jamoa ekan, ular yaxşi öynaşdi. Bugun tarkibda ança vaqtdan buyon körmoqçi bölganlarni körib oldik. Endi xulosa çiqaramiz.
Şunçaki, hozirgi asrimizda hakamlarning maydondagi oddiygina aloqa vositalarsiz işlaşi men uçun tuşunarsiz.
- Birinçi bölimda Pro liga klubidan 0:3 hisobidagi mağlubiyatga uçraş – bu nima edi?
- Bu – futbol, unda bunday voqealar uçrab turadi. 4ta zarba va 3ta gol urişdi. Bölib turadi. Bugun bizning kunimiz emasdi. Istalgan zarba darvozamizga kirib ketaverdi. Darvozabonning xatosi, tuşunarsiz vaziyatlar. Ehtimol, bugun öyinga töğri yondaşuv bilan çiqmagandirmiz. Yigitlarga yetkazişga urindik, afsuski, balki ularga yetib bormagandir. Tuşuniş lozim – hozirda heç kimni maydonga şunçaki tuşib, yutib bölmaydi! Na saviya, na daraja böyiça ham. Maydonga tuşdingmi, birinçi soniyadanoq maksimal kuç bilan işlaş kerak, işlaş kerak, işlaş kerak. Ğalaba qozonişning boşqa yöli yöq. Bu birinçi liga jamoasiga qarşi böladimi yoki Superliga klubimi farqi yöq. Bu bizning muammo, tez orada buni töğrilaymiz. Heç qisi yöq, bu fojia emas, barçasidan ötamiz. Oldinda bizni 2-davra öyinlari va Osiyo Çempionlar ligasi kutmoqda.
- «Paxtakor»ning yangi transferlari bugun iş bermadi, vaziyat avvalgidek – öşa Çeran maydonga tuşgaç, özgardi. Hojimat Erkinov ham biz bilgan Hojimat emasdek körindi. Bu haqda nimalar deya olasiz?
- Siz bu gaplarni qayerdan oldingiz bilmayman, kimni sotib olişni, qanday kuçayişni, ular qanday öynaşigaça siz emas, biz baho beramiz. Biz ötgan yarim mavsum uçun transfer siyosatimizdan qoniqdik. Barçasi uçun vaqt kerak. Hojimat uçun ham vaqt kerak. U avvalgi klubida qanday işlagan, hozir qanday holatda endi bilib olamiz. U harakat qilmoqda, öynaşni istamoqda, ammo hali biz kutgan darajada emas. Öylaymanki, vaqt ötib barçasi iziga tuşadi.












