Politexnika instituti o‘qituvchisi 3000 dollar pora olayotganda ushlandi
Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi A.K. oliy o‘quv yurti hovlisida yurgan ayolni ko‘rib, uning maqsadi bilan qiziqdi. Qarangki, mehmon institutda o‘qish niyati borligi, bu yerga hujjat topshirish uchun kelganligini bayon etdi. Shunda muallim unga xizmatini taklif qildi. Ya'ni, 4000 AQSh dollari evaziga Oliy ta'lim vazirligidagi ishonchli tanishlari orqali abituriyentning orzusini ushaltirishga va'da qildi.
Ayol xomxayollarga berilmasdan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etib, poraxo‘r o‘qituvchiga chora ko‘rishni talab qildi. Ariza asosida Jizzax viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tezkor tadbir uyushtirishdi.
Qisqasi, A.K 3000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan chog‘ida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024