Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada saylov davom etmoqda
Ukrainaliklar siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan aktyorni prezidentlik lavozimiga loyiq ko‘rmoqda. Yakshanba kuni o‘tkazilayotgan mamlakat prezidentlik saylovining ikkinchi turida Vladimir Zelenskiy nomzodi ko‘proq ovozga ega bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda Reyters.
Sharqiy mintaqada fuqarolik urushi avj olgan, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar bahorini sog‘ingan Ukraina xalqi yangi siyosiy rejim irodasi bilan muammolarga yechim izlamoqda.
Teleserialda prezident rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan Vladimir endilikda haqiqatan davlat rahbari bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, katta yoshdagi saylovchilar amaldagi prezident Petro Poroshenko nomzodini ma'qullashini bildirmoqda. Gap shundaki, Poroshenko ukrainaliklarga vizasiz YeIga borish, Kiyev cherkovi mustaqilligini bera oldi. Ziddiyatli va murrakab davrda to‘plangan tajriba unga asqotishi mumkin.
Zelenskiy ham G‘arbiy siyosat kursidan og‘ishmay ish tutishini bildirarkan, prezident almashinuvi ichki siyosatni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikka olib borishini aytmoqda.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026