Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi
Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1 maydan boshlab O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyidan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uydan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratilgan.
Quyida hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalar taqdim etilmoqda.
1-qadam. Pasport, yashash manzili, telefon ma'lumotlarini to‘ldirish.

2-qadam. Siz tugatgan o‘quv muassasasi haqida axborot kiritish (kollej, litsey yoki maktab).

3-qadam. O‘quv shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafikini belgilash.

Shu yerning o‘zida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta'lim muassasasini tanlab, sinovdan o‘tkaziladigan xorijiy til va imtihon topshiriladigan hududni belgilash zarur.

4-qadam. Davlat bojini to‘lash (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi).
Shundan so‘ng ariza ko‘rib chiqish uchun yuborilib, bu haqida tegishli xabarnoma yo‘llanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
13:23 / 26.11.2025
Dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin hujjat bekor qilinadi
13:44 / 09.09.2025
Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatiga oid qat’iy talablar o‘rnatiladi
20:59 / 22.08.2025