Sport | 09:24 / 23.04.2019
12486
1 daqiqa o‘qiladi

Ruslan Qurbonov O‘zbekiston yengil atletikasi tarixidan joy oldi

Foto: MOQ

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Kechagi kun terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

3 hatlab sakrash sektorida startga chiqqan Rio olimpiadasining ishtirokchisi Ruslan Qurbonov 16.93 metr natija qayd etdi. Hech bir sportchi uning natijasini qaytara olmadi va hamyurtimiz ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston yengil atletikasi tarixida birinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritmoqda.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi musobaqadan avval 3 oylik uzluksiz xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilgan. Bildirilishicha, oldinda yana 2 kunlik bellashuvlar bor.

Mavzuga oid