Foto: Kim Chen Inning Rossiyaga ilk tashrifi suratlarda
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ilk marta Rossiyaga tashrifini amalga oshirmoqda. Vladivostokda uning zirhli poyezdini Rossiya delegatsiyasi qizil gilam to‘shagan holda kutib oldi. 25 aprel kuni Russkiy orolida janob Kim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Kim Chen Inning zirhli poyezdi Rossiya chegarasini seshanba tongida kesib o‘tdi. U chegaradagi Xasan temir yo‘l stansiyasida to‘xtadi va o‘ziga tutilgan karavaydan (yumaloq bo‘lka non) tatib ko‘rdi.
Vladivostok vokzalida temir yo‘l xodimlari uning yo‘liga qizil poyandoz to‘shashdi.
Shimoliy Koreya dohiysini vokzalning ichki maydonida harbiy orkestr qarshi oldi.
Primore o‘lkasiga kelgan KXDR rahbari Rossiyaga borishni orzu qilgani haqida gapirdi.
Janob Kimga RFning Uzoq Sharq masalalari bo‘yicha ministri Aleksandr Kozlov hamrohlik qilmoqda.
Vladivostok ikki davlat rahbarlari uchrashuvi arafasida Rossiya va KXDR bayroqlari bilan bezatilgan.
Vokzalda mehmon oldindan Vladivostokka yetkazilgan limuziniga o‘tirdi va avtomobil bilan birga yuguradigan tansoqchilari qurshovida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Uni Rossiya milliy taomlari karam sho‘rva va chuchvara bilan mehmon qilishadi.
Mavzuga oid
19:37 / 18.11.2024
Kim Chen In KXDR harbiylariga murojaat yo‘lladi
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024