Jahon | 00:07 / 24.04.2019
24481
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik milliarder dunyodagi ilk muzyorar yaxta sohibiga aylandi

Foto: itboat.com

Rossiyalik milliarder Oleg Tinkov o‘ziga Antarktika muzlaridan o‘ta oluvchi dunyodagi ilk yaxtani buyurtirdi. Yaxtaning xaridi 100 mln yevrodan ko‘proqni tashkil qilgan. 

SeaExplorer muzyorar-yaxtasi Gollandiyaning Damen verfi tomonidan sayyoramizning olis burchaklariga ekspeditsiyalar tashkillashtiruvchi AQShning Eyos Expedition kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan. Yaxta eksplorer toifasidagi kemalarga kiradi, bunday kemalar qayta yonilg‘i bilan to‘ldirilmagan holda uzoq vaqt suza oladi hamda katta to‘lqinlar va muzlarni kecha oladi.

Foto: itboat.com

Rossiyalikning yaxtasi 40 kun avtonom suza oladi. 77 metrlik yaxtada batiskaf, 4 ta suv mototsikli, ikkita snegoxod va vertolyot bor. Yaxta mustahkamlangan korpusi evaziga 30-40 santimetrgacha qalinlikdagi muzlarni yora oladi. SeaExplorer taqdimoti 2020 yilda Monakoda o‘tishi rejalashtirilgan.

Foto: itboat.com

Milliarder yaxtada yiliga 20 haftaga yaqin vaqt o‘tkazmoqchi, qolgan vaqt esa uni haftasiga 690 ming yevrodan ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Bankirning aytishicha, dunyoning 2-raqamli eng boy odami Bill Geyts yaxtada 3 hafta o‘tkazishga qiziqish bildirgan, rossiyalik milliarderlardan biri esa uni yarim yilga ijaraga olmoqchi. “Bu yaxting, ammo mutlaq o‘zgacha. Bu Sen-Tropeda o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, martini ichish haqida emas, bu tadqiqot haqidadir”, deb aytgan “Tinkoff bank” asoschisi.

Forbes Oleg Tinkovning boyligini 2,2 mlrd dollarga baholagan. U Rossiyaning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatida 47-o‘rinni egallamoqda. 

Foto: itboat.com

Mavzuga oid