Oleg Tinkov oqqon kasalligidan forig‘ bo‘lganini aytdi
Qonning so‘nggi molekulyar testi unda to‘liq remissiya sodir bo‘lganini ko‘rsatdi.
Rossiyaning «Tinkoff bank» kompaniyasi asoschisi va sobiq rahbari Oleg Tinkov leykoz (oqqon) kasalligidan to‘liq qutulganini e’lon qildi. U ijtimoiy tarmoqda og‘ir kasallik bilan kurashayotganlarni sabr qilishga, murakkab davolanish jarayoni qiyinchiliklariga chidashga, sog‘ayib ketishga bo‘lgan umidni yo‘qotmaslikka chaqirdi.
Bunday diagnoz unga 2019 yil oktabr oyida qo‘yilgan edi. 2020 yilda biznesmen Germaniyada ilik transplantatsiyasi bo‘yicha murakkab jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shundan so‘ng, Tinkov rossiyaliklarga ilik donorligi bilan shug‘ullanish haqida o‘ylab ko‘rishni maslahat berdi.
«Iltimos qilaman, donor bo‘ling va boshqa odamning hayotini saqlab qoling. Rossiyada atigi 130 ming donor bor, Germaniyada esa 7 million. Bu biz uchun uyat», — deb yozgan edi Tinkov.
U xotini bilan birga shunday katta muammo bilan shug‘ullanadigan jamg‘arma tashkil qilmoqchi ekanini ham qo‘shimcha qilgan edi.
2021 yilda Tinkov AQShda soliq jinoyatlarini sodir etishda ayblangan edi. Shundan so‘ng, AQSh sudi bilan kelishuvga erishib, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 506 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.
2022 yil fevral oyida Oleg Tinkov ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadagi urushni qoralagan postidan keyin, Rossiya hukumati uni «Tinkoff bank»dagi 35 foiz ulushini sotishga majbur qilganini aytdi.
Keyinchalik, kompaniyaning yangi egalari rebrending o‘tkazib, «Tinkoff bank» nomini o‘zgartirmoqchi ekanini e’lon qilishdi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024