Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimligida poytaxtdagi toshqinlarda kim aybdorligi aytildi
Toshkent hokimligi matbuot xizmati poytaxt ko‘chalari har kuchli yomg‘irdan keyin suv ostida qolayotganining sababini aytdi. Bu haqda Sputnik Uzbekistan nashri xabar berdi.
Hokimlik xodimlarining fikricha, bunday holat aholi ariqlarga va yomg‘ir suvi ketadigan joylarga chiqindilarni tashlashi sababli yuz bermoqda. Buning oqibatida ariqlar chiqindilarga to‘lib, suv oqib ketmay tashqariga toshmoqda.
“Hokimlik xizmatlari ko‘chalarni chiqindilardan maksimal tozalashga harakat qiladi, biroq ba'zi ariqlar baribir chiqindilar va shisha idishlar bilan to‘ldirilmoqda”, deb ma'lum qilingan hokimlik matbuot xizmatida.
Hokimlikda ta'kidlanishicha, Toshkentning 40 ta joyida toshqinlar bartaraf etilgan. Shahar ko‘chalarida 50 tadan ko‘proq texnika ishlamoqda. Bundan tashqari, toshqinlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhning maxsus shtabi tashkil etilgan.
Ta'kidlash joiz, 24 aprelda ham Toshkent ko‘chalari kuchli yomg‘irdan keyin suv ostida qoldi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026